KOGONDONMAHSULOTLARI

Kogondonmahsulotlari» АJ aktsiyadorlari DIQQАTIGА!

Hurmatli aktsiyador! 2020 yil 27-mart kuni soat 10-00da “Kogondonmahsulotlari” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtadi.

Manzil: Kogon shaxri А.Temur koʼchasi 45 uy

Navbatdagi umumiy yigʼilishga chaqirgan organ: Jamiyat Kuzatuv kengashi.

Navbatdagi umumiy yigʼilishga qaror qabul qilingan sana: 2020 yil 27-fevral.

Аktsiyadorlarni roʼyxatga olish 2020 yil 27-mart kuni soat 9.00 dan 9.30 gacha davom etadi. Jamiyatning veb-sayti: kogondon.uz.

Yigʼilish kun tartibi:

  1. Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash;
  2. Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash;
  3. Jamiyat kuzatuv kengashining bir yillik faoliyati boʼyicha hisobotini tasdiqlash;
  4. Jamiyatning 2019 yildagi ishlab chiqarish va moliyaviy-xoʼjalik faoliyati yakunlari boʼyicha ijro organining hisobotini tasdiqlash;
  5. Taftish komissiyasining 2019 yil faoliyati yakunlari boʼyicha hisobotini tasdiqlash;
  6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq 2019 yil yakuni boʼyicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni maxalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʼyicha direktorining xisobotini eshitish;
  7. Korxonalarda xaridlar jarayoning shaffofligi asosligi, shu jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx boʼyicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan xolda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi toʼgʼrisida tashqi audit xulosasini koʼrib chiqish;
  8. Jamiyatning 2019 yilgi buxgalteriya balansi, moliyaviy hisoboti va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
  9. 2019 yil yakuni boʼyicha tashqi auditor xulosasini tasdiqlash;
  10. Jamiyatning 2020 yil faoliyatini tekshirish uchun auditorlik tashkiloti bilan shartnoma tuzish va toʼlanadigan xizmat haqi chegarasi miqdorini tasdiqlash.
  11. Jamiyatning 2019 yil yakuni boʼyicha olgan sof foydasi taqsimotini tasdiqlash;
  12. Jamiyatning 2020 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash;
  13. Jamiyat boshqaruv raisi bilan shartnomani uzaytirish;
  14. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarni saylash;
  15. Jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
  16. Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi aʼzolarini 2019 yilgi moddiy ragʼbatlantirish toʼgʼrisidagi Nizomga oʼzgartirish kiritish;
  17. Jamiyat balansida boʼlgan 49-sonli savdo doʼkonining “Don shirin kulcha fayz” MChJ uchun berilgan qismidan tashqari boshqa bino va inshootlarini Qonunchilikda belgilangan tartibda sotish;
  18. Daʼvo muddati oʼtgan kreditorlik va debitorlik qarzlarni jamiyat foydasi va zarariga olinishini tasdiqlash:

            Yigʼilishda aktsiyadorning oʼzi pasporti bilan yoki shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat boʼlishi soʼraladi.

Murojaat uchun telefon: 0(365) 522-28-00

Jamiyat Kuzatuv kengash