KOGONDONMAHSULOTLARI

JAMIYAT HAQIDA

JAMIYAT TO’LIQ NOMI
“KOGONDONMAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati
JAMIYAT JOYLASHGAN YERI
O‘zbekiston Respublikasi, 200100, Buxoro viloyati, Kogon shahri, Amir Temur ko‘chasi, 45-uy
JAMIYAT TARIXI
1995 yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi «O‘zdonmaxsulot» Davlat Konsernini «O‘zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to‘g‘risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 23 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 88-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash qo‘mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Kogondonmahsulotlari” davlat korxonasi negizida “ Kogondonmahsulotlari» Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
2014 yil – “KOGONDONMAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
JAMIYAT FAOLIYATNING MAQSADI VA SOHASI (ASOSIY YO‘NALISHLARI)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumho‘jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi quyidagilardan iborat:
– un ishlab chiqarish va sotish;
– omuxta yem ishlab chiqarish va sotish.
USTAV FONDI
Jamiyat Ustav fondi 718 933 800 so‘mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 2600 so‘m bo‘lgan 276 513 dona oddiy aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo‘lingan.
TASHKILIY TUZILMASI
Jamiyat yuqori boshkaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qonunchilik va jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroiya organi Boshqaruv Raisi
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftishchi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi.
Jamiyatning qo‘yidagi shu’ba xo‘jalik jamiyatlari mavjud:
“DON ISSIQ NON INVEST” MChJ 2017 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Non va non maxsulotlari ishlab chiqaradi.
“DON SHIRIN KULCHA FAYZ” MChJ 2017 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Non va non maxsulotlari ishlab chiqaradi.
“DON MAKARON INVEST FAYZ” MChJ 2018 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Makaron maxsulotlari va shunga o‘xshash unli maxsulotlar ishlab chiqaradi.
INFRATUZILMA
Jamiyat yer maydoni 13,2 gektarni tashkil kiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, tegirmon, omuxta yem sexi, 2,5 ming tonnalik don saqlash uchun elevatori va boshqa infratuzilmaviy ob’ektlar mavjud.
Jamiyatning geografik joylashgan o‘rni iqtisodiy jixatdan qulay bo‘lib, Kogon shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro xududiy birlashmasining temir yo‘l vetkalarining yonida joylashgan Kogon tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan g‘alla xosili bevosita “Kogondon” don qabul qilish maskaniga qabul qilinadi. Qorovulbozor tumanidagi yetishtirilgan g‘allani Qorovulbozor tuman markazida joylashgan “Qorovulbozor” hamda Qorovulbozor tumani A. G‘ijduvoniy shirkat xo‘jaligida Jarqoq posyolkasida joylashgan “Jarqoq” don qabul qilish maskanlaridagi temir yo‘l orqali yetqazishda qulay infratuzilma mavjud.