KOGONDONMAHSULOTLARI

«KOGONDONMAHSULOTLARI» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

Hurmatli aksiyador! 2022 yil 24-mart kuni soat 10-00da “Kogondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi  umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Kogon shaxri A.Temur ko‘chasi 45 uy
Navbatdagi umumiy yig‘ilishga chaqirgan organ: Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Navbatdagi umumiy yig‘ilishga qaror qabul qilingan sana: 2022 yil 28 fevral’.
Jamiyatning veb-sayti: kogondon.uz.
Yig‘ilish kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyat kuzatuv kengashining bir yillik faoliyati bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
  4. Jamiyatning 2021 yildagi ishlab chiqarish va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha ijro organining hisobotini tasdiqlash.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq 2021 yil yakuni bo‘yicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni maxalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining xisobotini eshitish.
  6. Korxonalarda xaridlar jarayoning shaffofligi asosligi, shu jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan xolda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini ko‘rib chiqish.
  7. Taftish komissiyasining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
  8. 2021 yil yakuni bo‘yicha tashqi auditor xulosasini tasdiqlash.
  9. Jamiyatning 2021 yilgi buxgalteriya balansi, moliyaviy hisobotini (moliyaviy natija) smetasini tasdiqlash.
  10. Jamiyatning 2022 yil faoliyatini tekshirish uchun auditorlik tashkiloti bilan shartnoma tuzish va to‘lanadigan xizmat haqqi chegarasi miqdorini tasdiqlash.
  11. Jamiyatning 2021 yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasi taqsimotini tasdiqlash;
  12. Jamiyatning 2022 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash;
  13. Jamiyat boshqaruv raisi bilan shartnomani uzaytirish;
  14. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarni saylash;
  15. Jamiyat taftish komissiyasi  a’zolarini saylash;
  16. Korporativ boshqaruv Kodeksi talablariga muvoffiq jamiyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan korporativ baholash bo‘yicha xulosani tasdiqlash.
  17. “Kogondonmahsulotlari” AJ yagona ta’sischiligida bo‘lgan «Don issik non invest» MChJ, «Don shirin kulcha fayz» MChJ va «Don makaron invest fayz» MChJlarning 2021 yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasi taqsimotini tasdiqlash;
  18. 2022 yil xo‘jalik faoliyati davrida AK “O‘zdonmahsulot” tizimiga kiruvchi afillangan shaxslar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.

Yig‘ilishda aksiyadorning o‘zi pasporti bilan yoki shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat bo‘lishi so‘raladi. Murojaat uchun telefon: 0(365) 522-28-00
Jamiyat Kuzatuv kengashi