KOGONDONMAHSULOTLARI

AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH

“Kogondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

2019 yil 28-mart kuni soat 10-00da “Kogondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi, jamiyat majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Kogon shaxri A.Temur ko‘chasi 45 uy.

Navbatdagi umumiy yig‘ilishga chaqirgan organ: Jamiyat Kuzatuv kengashi yig‘ilishi.

Navbatdagi umumiy yig‘ilishga qaror qabul qilingan sana: 2019 yil 5-mart.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2019 yil 28 mart kuni soat 9.00 dan 9.30 gacha davom etadi.

«Kogondonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishining

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;

2. Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash;

3. Jamiyat kuzatuv kengashining bir yillik faoliyati bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;

4. Jamiyatning 2018 yildagi ishlab chiqarish va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari

bo‘yicha ijro organining hisobotini tasdiqlash;

5. Taftish komissiyasining 2018 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;

6. Jamiyatning 2018 yilgi buxgalteriya balansi, moliyaviy hisoboti va xarajatlar smetasini tasdiqlash;

7. 2018 yil yakuni bo‘yicha tashqi auditor xulosasini tasdiqlash;

8. Jamiyatning 2018 yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasi taqsimotini tasdiqlash;

9. Jamiyatning 2019 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash;

10. Jamiyat boshqaruv raisini saylash.

11. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarni saylash;

12. Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash;

13. Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag‘batlantirish

to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

14. Jamiyatning yangi taxrirdagi ustavini tasdiqlash.

1.Umumiy yig‘ilish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reestr tuziladigan sana: 2019 yil 5-mart

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2019 yil 20-mart.

Jamiyat Kuzatuv kengashi. “Kogondonmahsulotlari” AJ boshqaruv raisi :  O‘.X.Ergashov